Özbekiston ilk marta milliy valyutada «yaşil» maqomiga ega suveren xalqaro obligatsiyalarni joylaştirdi
Özbekiston ilk marta milliy valyutada “yaşil” maqomiga ega suveren xalqaro obligatsiyalarni joylaştirdi
Özbekiston Respublikasi ilk bor 4,25 trln söm miqdoridagi yaşil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylaştirdi.
Şuni taʼkidlaş joizki, sömda çiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari içida ilk “yaşil” suveren obligatsiyalar hisoblanadi.
Maʼlumot uçun: yaşil obligatsiyalar böyiça kelib tuşadigan mablağlar suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş, temir yöl transporti va metro transportini rivojlantiriş, sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş va aholi punktlarida tozalikni taʼminlaş, şamol eroziyasiga va suv xöjaligi obyektlarining qum bosişiga qarşi ihota daraxtzorlari barpo etiş kabi yaşil loyihalarni moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi.
Bunda loyihalarni tanlab oliş jarayoniga Birlaşgan millatlar taşkilotining rivojlaniş dasturi (UNDP) jalb qilingan. Yaşil obligatsiyalar dasturi böyiça “Sustainalytics” tomonidan ikkinçi taraf ijobiy xulosasi olingan.
Özbekiston Respublikasining milliy valyutadagi “yaşil” obligatsiyalariga bölgan yuqori talabni inobatga olib, 3 yillik sömdagi xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkalarini (kupon tölovi) kutilgan 18 foizdan 16,25 foizga tuşirişga muvaffaq bölindi.
Ikkilamçi bozor kotirovkalari hamda investorlar takliflaridan kelib çiqib, AQŞ dollaridagi Özbekiston Respublikasining 5 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari uçun dastlabki foiz stavkasi 8,50 – 8,625 foiz oraliğida eʼlon qilindi.
Yakuniy talab 2 mlrd. dollarga yetgaç, 660 mln. dollar miqdoridagi obligatsiyalar 8,125 foiz stavkada hamda 7,85 foiz kuponda çiqarildi. Mazkur kupon stavkasi moliyaviy maslahatçilar tomonidan tavsiya etilib, xalqaro obligatsiyalarni investorlarga 98,888% narxda sotilişini anglatadi (yaʼni mazkur tranzaksiyadan 652,6 mln. dollar mablağ kelib tuşadi).
👉 @xushnudbek 👈



