Nodirbek Abdusattorov Fişer şaxmati böyiça jahon çempionatining yarim finaliga yöl oldi
♟Nodirbek Abdusattorov Fişer şaxmati böyiça jahon çempionatining yarim finaliga yöl oldi
Islandiya poytaxti Reykyavik şahrida ötayotgan World Fischer Random Chess Championship turnirida qatnaşayotgan 18 yoşli hamyurtimiz 12 ta imkoniyatdan 10 oçko jamğarib, eng yaxşi natija bilan yarim finalga çiqdi. Guruh bahslarida Nodirbek şaxmat toji uçun nomzod bölgan Yan Nepomnyaşiy bilan 4 marta öynab, törtalasida ham mağlub etdi. Nodirbekdan faqatgina Fişer şaxmati böyiça amaldagi jahon çempioni Uesli So oçko olişga muvaffaq böldi.
Endi Abdusattorov yarim finalda internet strimlari bilan maşhur şaxmatçi Hikaru Nakamura bilan kuç sinaşadi. Narigi juftlikda esa Magnus Karlsen va Yan Nepomnyaşiy ikkinçi finalçi nomini aniqlab beradi.
Yarim final bahslari ertaga Toşkent vaqti bilan soat 20:00-da boşlanadi.
Mazkur turnir ğoliblariga quyidagi miqdordagi pul mukofotlari beriladi:
1-örin: 150 ming AQŞ dollari;
2-örin: 85 ming AQŞ dollari;
3-örin: 55 ming AQŞ dollari;
4-örin: 40 ming AQŞ dollari.
Nodirbekka çin dildan omadlar tilaymiz!
Maʼlumot uçun: Fişer şaxmati (Chess960) qoidalariga köra, piyodalar xuddi oddiy şaxmatdek joylaşadi, ammo sipohlarning örni oddiy şaxmatdan farqli ölaroq, har partiyada tasodifiy kataklarga joylaştiriladi. Ammo bunda 3 ta asosiy qoida bor: fillar albatta turli rangli katakda bölişi, ruhlar albatta şohning ikkita tomonida bölişi hamda oqlar va qoralarning sipohlari joylaşuvi simmetrik ravişda bir xil bölişi kerak. Fişer şaxmatida jami 960 ta variantda dastlabki pozitsiya bölişi mumkin, şu sababli u Chess960 deb ham ataladi.
👉 @xushnudbek 👈


