Nodirbek Abdusattorov Fişer şaxmati böyiça Jahon çempionatida 4-örinni qölga kiritdi
Nodirbek Abdusattorov Fişer şaxmati böyiça Jahon çempionatida 4-örinni qölga kiritdi
Guruh bosqiçida juda muvaffaqiyatli qatnaşgan 18 yoşli hamyurtimiz yarim finalda Hikaru Nakamuradan mağlub böldi. Keyinçalik Nakamura finalda Yan Nepomnyaşiyni yengib, Fişer şaxmati böyiça Jahon çempioniga aylandi.
Abdusattorov esa 3-örin uçun bahsda amaldagi şaxmat toji sohibi Magnus Karlsen bilan kuç sinaşdi. Dastlabki partiyada ğalaba qozongan Nodirbek sensatsiyaga yaqin edi. Ammo baribir yuqori klass va tajriba öz sözini aytdi. Magnus ketma-ket 3 ta partiyada ğalaba qozondi. Yakunda hisob 3:1.
Nodirbek 4-örin sohibi sifatida 40 ming AQŞ dollari mukofotni qölga kiritdi. Bundan taşqari hamyurtimiz puldan ham kattaroq narsa — eng nufuzli turnirlardan birida qimmatli tajriba töpladi. Umid qilamizki, hali uşbu tajriba unga şaxmat tojini olişga yordam beradi.
👉 @xushnudbek 👈



