Oxirgi 2 kunda jahonda 2 ta katta fojia röy berdi
Oxirgi 2 kunda jahonda 2 ta katta fojia röy berdi.
29-oktabr kuni Xellouin bayrami munosabati bilan yiğilgan minglab insonlar Seul şahri markazida tiqilinçda qolib ketgan. Natijada havo yetişmasligi va boşqa sabablar tufayli 150 dan ortiq inson halok böldi, 100 ga yaqini jarohat oldi.
Halok bölganlar orasida 1 nafar Özbekiston fuqarosi ham bor.
Şavkat Mirziyoyev şu munosabat bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolga taʼziya yölladi.
* * *
30-oktabr kuni Hindistonning Gujarot ştatida köprik qulaşi oqibatida 100 dan ortiq inson halok böldi. Morbi şahridagi Maçxu daryosi orqali ötgan köprik yarim yil davom etgan taʼmirlaş işlaridan keyin yaqinda oçilgandi. Qulagan payti köprik ustida 400 dan ortiq odamlar bölgan.
👉 @xushnudbek 👈


