Абитуриентлар ва ота-оналар тест синовлари ҳақида
Муштарийлардан хабарлар:
1️⃣ Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Dugonalarimning hammasi Jizzax politexnika institutiga grantga kirishdi. Har kuni quvonch ko'z yoshlari bilan qatorlashib xushxabar kelib hamma do'stlarimni tabriklab shoshib qolayapmiz. Shunday adolatli tizim yaratganlaringiz uchun Prezidentimiz qatorida barchangizga katta raxmat aytaman. Mening imtihonim keyingi haftada, SamDU da. Ishonch bildirib qolamanki test imtihonlari oxirigacha adolatli tashkil etiladi.
2️⃣ Salom Xushnud aka.
Man bu yil SamDU.ga yubeley 10-marta hujjat topshirgandim.
bugun men 2-smenada testga kirib chiqdim.
Kirishda tekshirish o'tgan yilgiga nisbatan ham ancha sust.
Lekin ichkarida kamera borligi uchunmi hech qandan telefondan yo shpargalkadan foydalanganini sezmadim.
Ichkarida va ota-onalarga qilingan sharoitlar juda zo'r o'zgarish juda katta.
Kunning eng issiq paytida shunday katta xonadagi harorat bir xil salqin.
Hammaga omad.
3️⃣ Assalomu alaykum Xushnud aka men Jahon tillari universitetga ertalab imtihon topshirib chiqdim test savollari oson o'qigan abitureynt qiynalmasdan ishlab chiqadi nazoratlar yaxshi ishlamoqda bizdan keyingi guruhdagi bir qiz bolani shpargalka ishlatgani uchun imtihondan chetlashtirdi.Bundan keyingi kunlardagi imtihonlar ham shunaqa o'tadi degan umiddaman barchaga omad tilab Madina.
4️⃣ Салом Хушнудбек. Каналингизни мунтазам кузатиб бораман. Тест синовларининг кандай утаетганлиги хакида маьлумотларни укиб уз фикримни билдиришни маькул топдим. Кеча кизим БДУнинг мактабгача таьлим йуналишида 1-смена Семург спорт комплексида тест топширди. Натижасини интиклик билан кутаяпмиз. Ота-оналарга яхши шароитллар яратилган. Ешлар иттифоки фаоллари ота-оналар фикрларни, таклифларини урганяпти булар яхши. Лекин монитордаги тасвир яхши эмас. Факат камерада якин утирганларни курса булади. Назорат кучли 4 та ташкил килинган. Айникса кизларни кучли текширишибди. Хатто кулогидаги сирга, такинчокларигача ечишни айтишди. Хар кунлик маьлумотларни куриб, тест синовига келмаганлар кечикиб келаетганлар эканлигига амин булдим. Чунки 8да тест бошланиши хеч булмаганда 7да тест буладиган бино олдида булишлари Дтм берилаетганда хар бир абитурент огохлантирилган шунга карамай кечикиб келганлар куп. Укиган, таерланган хар бир абитурентга талаба булиш бахти насиб килсин иллохим!Сизнинг ишларингизга эса омад, ривож тилаб коламан.
5️⃣ Oldin imtihon kuni "o'tirib" beradiganlar, o'rniga kirib chiqadiganlar, repetitor/o'qituvchilar bellashar edi. Bu yil va nihoyat talabalar bellashdi. Ikki yildan beri Andijon Davlat Tibbiyot Institutidagi o'yinlardan bezor bo'lib, bu yil Andijon Davlat Universitetiga hujjat topshirgan edim. Hudo hohlasa talaba bo'lishdan umidim katta. Tartib-intizom joyida bo'ldi. Buni ta'minlagan barchaga ming rahmat.
Каналга уланиш:👇
https://t.me/xushnudbek
