Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga sertifikat beriş tartibi belgilandi
Musiqa va jismoniy tarbiya o’qituvchilariga sertifikat.pdf
PDF · 2,0 MB
Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga sertifikat beriş tartibi belgilandi
Bu haqda Hukumat qarori asosida Nizom qabul qilindi.
Sertifikat Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron şaklda beriladi.
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini biliş darajasini aniqlaş böyiça A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.
Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining örtaça natijasiga köra:
➖ 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga — A+ darajali;
➖ 65 — 69,9 ballga — A darajali;
➖ 60 — 64,9 ballga — B+ darajali;
➖ 55 — 59,9 ballga — B darajali;
➖ 50 — 54,9 ballga — C+ darajali;
➖ 46 — 49,9 ball olgan talabgorga — C darajali sertifikat beriladi.
B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan öqituvçiga qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoşiga ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

