Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Pedagoglar kutgan qaror qabul qilindi: TKT, TESOL, TEFL va TESL uçun ham ustama beriladi, ammo bir şarti bor

Hujjat31-may, 2024, 11:022 daqiqa0 koʻrish

Sertifikatlar qaror.pdf

PDF · 1,1 MB

Yuklab olish

Pedagoglar kutgan qaror qabul qilindi: TKT, TESOL, TEFL va TESL uçun ham ustama beriladi, ammo bir şarti bor

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirliklarining tegişli qarori bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini biliş darajasini belgilovçi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar röyxati tasdiqlandi.

Pedagoglar uçun 2 ta katta yangilik bor:

1️⃣ Raş modeli böyiça fan öqituvçilariga A+, A va B+ darajadagi (60 balldan yuqori), boşlanğiç taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yönalişi uçun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi (46 balldan yuqori) sertifikat uçun ustama beriladigan böldi;

2️⃣ mazkur qaror loyihasi eʼlon qilinganidan söng 5 mingdan ortiq takliflar bildirilgan edi. Takliflarning ayrimlar inobatga olingan. Xususan, dastlabki loyihada pedagoglarga ustama beriladigan çet tili sertifikatlar röyxatidan çiqarib taşlangan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uçun ham ustama beriladigan böldi. Ammo bir şarti bor. Yaʼni uşbu 4 ta sertifikatlar CEFR tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama tölanadi. Agar CEFR tizimining B2 sertifikati bölmasa, unda TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uçun ustama berilmaydi.

Şuningdek, barça TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari öqituvçi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat şuğullanişi va kamida 40 soatlik öqituvçi-pedagogik amaliyotini qamrab olişi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanişi zarur.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek