B1 sertifikati uçun çet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi
‼️Çet tili fani mavjud bölgan bakalavriat taʼlim yönalişlariga kirişda xorijiy til böyiça B1 sertifikati uçun 75 foiz ball beriladi
Adliya vazirligi Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini biliş darajasini belgilovçi sertifikatlar röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.
Mazkur özgartiriş va qöşimçalarga köra:
➖ endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim böyiça belgilanadi;
➖ bakalavriatning fanlar majmuasida çet tili fani mavjud bölgan taʼlim yönalişlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga uşbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
➖ pedagog xodimlarga ustama tölaşda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qiliş muddati hisobga olinadi;
➖ kasbiy taʼlim taşkilotlarining pedagoglari xorijiy tilda maxsus fanlarni öqitganligi uçun ularning lavozim maoşiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uçun 50 foiz, C1 sertifikati uçun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi;
➖ öqituvçilariga Digital SAT sertifikatining matematika bölimidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama belgilanadi;
➖ umumiy örta taʼlim maktablaridagi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari öqituvçilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uçun ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


