Imtihon jarayonlari haqida abituriyentlar fikrlari
Муштарийлардан хабарлар:
1️⃣ Assalomu alykum Xushnedbek aka! Man hozir Navoiydan sizga yozayapman. Bu yerda (Yoshlar) sport kompleksida bugun bo'lib o'tgan imtihonda qatnashdim. O'ylaymanki hammasi ko'nglimdagidek va hozirda xursandman. Lekin bir muomo ota onalar uchun ko'rsatilayotgan kameralar ikkita zdaniya uchun faqat ikkita kamera. Bu yerdagi muomo esa xar bir zdaniyadagi 1 ta kamera faqatgina ma'lum bir joyni ya'ni oshib borsa 3 qatorni(90 kishini) qoniqarli darajada ko'rsatadi xolos. Qolganlarni esa deyarli ko'rinishlari qoniqarsiz va oxirgi qatorlarni umuman ko'rishning iloji yo'q. Shu haqida mushtariylardan fikr kutib qolaman raxmat!!!
2️⃣ Assalomu aleykum. Xorazmdan kimdir yetarlicha qoralama(черновик) qog'oz berishmadi deb yozibdi, buni shaxsan o'zim kecha imtixonda qatnashganim uchun inkor etaman. Imtixon boshlanishi bilan 20 daqiqalarda savollar kitobidagi ochiq joylardan foydalanib bo'lib boshqa qog'oz berishlarini so'radim, 5 daqiqacha kutishimni so'rashdi va olib kelib berishdi, uniyam to'ldirib yana bitta so'raganimda ham muammosiz olib kelib berishdi. Unisiga yozib o'tirganimda yonimga kelib hazilomuz tarzda yana bitta beraylikmi deb ham qo'yishdi, u tarafdan muammo bo'lmadi, oldimizdagi suvlargacha tekshirib qolmagan bo'lsa yana olib kelib berishdi. Hammasi ajoyib.
Кстати, men ham Xorazmdan )))
3️⃣ Imtihonimiz bugun ertalab Yunusobod tennis markazida bo'ldi. Imtihonlar 100% qonuniy o'tdi shekilli hech qanday qonunbuzarlik sezmadik. Tashkilotchilarga raxmat. Faqat bir muammo bo'ldi. Bizga umuman qoralama berilmadi. Kimyo va matematika kabi hisob- kitob talab qiladigan fanlarda qoralamasiz juda qiyin bo'larkan. Shu narsa muammo tug'durdi. Ha mayli lekin keyingi kunlarga qoralama berishsa yaxshi bo'lardi kalkulator ham bo'lmasa ........
4️⃣ Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men Qoraqalpog‘iston Respublikasidanman. Kech dustim imtihon topshirib kelgandi. Aytishicha savollar kitobidagi qoralama(cho‘rnavoy) varaqalar juda noqulay joylangan ekan, uni yirtib olish’ buklash mutlaqo mumkin emas va kuzatuvchi tomonidan "qaytarib olmayman" deya po‘psa qilayotgan ekan. Bu hol biz Matematiklar uchun juda yomon hol. Uning aytishicha ortiqcha qog‘ozlar berilmayotganmish. Iltimos shu mavzuga be’etibor qaramasangiz.
5️⃣ Test savollari chiqib ketdi -degan gaplar ko`payib qoldi. Balkim nazoratchilar aybi bilan shunday ishlar bo`layotgadir. Chunki 3 soat 30 nafar abuturent bilan ular birga bo`ladi. Balki guruhida taqiqlangan abuturentni fosh qilgan nazoratchini qo`shimch rag`batlantirish kerakdir. Shunda nazorat yanada kuchli bo`larmidi. Bu fikrga nima deysiz?
6️⃣ Assalomu aleykum Xushnudbek aka, bugun SamDChTIga kirish imtihonlarida tekshirish sust! Qizlarni deyarli umuman tekshirishmayapti. Ichkarida bitta qizni telefon orqali gaplashayotganida tutib berdim. DXX xodimi kelib magniti bilan qizning qulog'ini ichidan maydagina qo'lsoatni batareykasiday blutuz oldi.
Каналга уланиш: 👇
https://t.me/xushnudbek
