Ming sömlik tanga muomalaga kiritiladi
Ming sömlik tanga muomalaga kiritiladi
Şu yil 26-dekabrdan nominal qiymati 1000 söm bölgan tanga körinişida pul belgilari muomalaga çiqariladi.
1000 sömlik tanga körinişidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat bölib, içki aylanasi sariq rangli mis va latun, taşqi aylanasi kumuş rangli nikel qotişmasidan tayyorlangan.
Tanga diametri – 26,27 mm., içki disk diametri – 17,6 mm., qalinligi – 1,6 mm., oğirligi – 7,3 gr.
Tanganing old tomonida (avers) Toşkent şahrida bunyod etilayotgan “Islom tsivilizatsiyasi markazi”ning binosi tasvirlangan.
Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati “1000” raqami va lotin bosma harflarida “so’m” sözi yozilgan.
❗️2001-yil namunasidagi 1000 sömlik banknotlar ham tölov qobiliyatini yöqotmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


