Yurisprudensiya yönalişi böyiça barça OTMlarda huquqşunoslik va çet tilidan imtihon olinadi
❗️Yurisprudensiya yönalişi böyiça barça OTMlarda huquqşunoslik va çet tilidan imtihon olinadi. Mutaxassislik blokida tarix fanidan savollar bölmaydi.
Ötgan yili Toşkent davlat yuridik universitetida 2023-yildan boşlab kiriş imtihonlarida tarix örniga huquq fanidan savollar bölişi rasman maʼlum qilingandi. Lekin boşqa OTMlarda, masalan, ÖzMU, JIDU, QDU, SamDU, NamDU va boşqalarda huquqdan savollar tuşişi şu çoqqaça aytilmagandi.
Bugun eʼlon qilingan fanlar majmuasidan körinadiki, demak endi yurisprudensiyaga oid barça yönalişlarda, u qaysi OTMda bölişidan qatʼi nazar, tarix örniga huquqdan savol tuşadi.
Fanlar majmuasini imtihondan 7 oy oldin eʼlon qilingani juda yaxşi böldi, albatta. Ilgari 1 oy qolganda eʼlon qilinardi.
Ammo majmuadagi fanlar özgarişiga oid bunaqa jiddiy yangiliklarni kamida 2-3 yil oldin maʼlum qiliş kerak. Abituriyentlar şunga qarab möljal oladi, rejalaştiradi. Barça yomon odatlarimizni birin-ketin bartaraf etayotgan bir davrda mana şunga ham eʼtibor qiliş kerak. Yoşlar taqdirini öyinçoq qilmaslik kerak.
✅ Xullas, yurist bölişni orzu qilgan abituriyentlar hozirdan huquq fanini jiddiy öqişni boşlaşlari kerak.
Huquqşunoslik fanidan namunaviy test savollari DTM tomonidan fevral oyida eʼlon qilinişi rejalaştirilgan. Bu haqda yaqinda kanalimizda ötkazilgan ovozli çatda maʼlum qilingandi.
👉 @xushnudbek 👈

