«Milliy sertifikat»ni pul evaziga olib berişni vaʼda qilgan öqituvçi va hokim yordamçisi uşlandi
“Milliy sertifikat”ni pul evaziga olib berişni vaʼda qilgan öqituvçi va hokim yordamçisi uşlandi
Qaşqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga örgatiş milliy markazi öqituvçisi N.Ş. (muqaddam sudlangan) öqituvçi D.X.dan 20 nafar öqituvçining oylik maoşiga ustama qöşilişini taʼminlovçi va 39 nafar abituriyentga oliy öquv yurtiga kirişga imtiyoz beruvçi “Milliy sertifikat” olib beriş evaziga jami 17 ming 700 dollar talab qilib, şundan 6 ming 600 dollarni qölga kiritib, qolgan 11 ming 100 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Davom etgan tezkor tadbirda Qarşi şahridagi mahallalardan biridagi hokim yordamçisi Ş.R. öqituvçi va abituriyentlarga qalbaki “Milliy sertifikat” tayyorlab beriş evaziga N.Ş.dan 6 ming 600 dollarni olganligi aniqlanib, yana 11 ming 100 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


