Markaziy bank pul ötkazmalaridan xabardor bölib turiş intilişini qöllab-quvvatlamaydi
Markaziy bank hukumatning bank kartalari örtasidagi pul ötkazmalaridan xabardor bölib turişga intilişini qöllab-quvvatlamaydi
Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 4-may kuni ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Biz özimizning fikrimizni matbuot orqali yetkazmaganimizni Markaziy bank öz fikrini bildirmagan deb baholamaslik kerak. Biz bu farmon çiqqanidan keyin özimizning salbiy munosabatimizni Soliq qömitasiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yetkazganmiz.
Bizning qaraşlarimiz OAVda muhokama qilinganidan köra qatʼiyroq. Va biz buni yetkazganmiz. Buning asosiy tub maqsadi nima ekani haqida haligaça maʼlumot olganimiz yöq. Bu narsa 1-maydan qöllanilmaydi. Eng asosiysi, bank qonunçiligidagi daxlsizlik normalari böyiça tamoyillar töliq bajarilmaydigan bölsa, buni amalda qöllaş böyiça nizomlar va boşqa qaraşlar Markaziy bank tomonidan maʼqullanmaydi. Çunki bu narsa Markaziy bank bilan kelişilgan nizom yoki körsatmadan söng amalga oşişi kerak”, – dedi Nurmurodov.
Regulyator rahbariga köra, banklardan maʼlumot söraş uçun maʼlum bir tartib, nizom bölişi kerak, bu nizom Markaziy bank bilan kelişilmasdan banklarga yetkazilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


