Kuvayt davlati nomining töğri yozilişi haqida
Eslab qoliş uçun:
✅ Kuvayt
❌ Quvayt
Garçi öqilişi biroz ğalati, talaffuzi noqulay tuyulsa ham, lekin rasmiy manbalarda Kuvayt yoziş qabul qilingan. Çunki originalida ham K harfi bilan yoziladi (الكويت).
Quvaytga köpçilik örganib qolgan, şu sababli juda köp joyda, hatto ayrim rasmiy manbalar, Hukumat qarorlarida ham Quvayt yozilganiga duç kelsangiz, hayron bölmang. Menga qolsa, Quvaytni ham töğri variant sifatida qabul qilgan bölardim, lekin buni men hal qilmayman.
Özi bizga xorijiy mamlakat nomlari luğati kerak. Rasmiy tasdiqlangani. Şunda hamma öşa luğat orqali “soatini töğrilab” olgan bölardi, ikkilanişlarning oldi olinardi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


