«Paxtakor» Elit çempionlar ligasining keyingi bosqiçiga yöl oldi
⚽️“Paxtakor” Elit çempionlar ligasining keyingi bosqiçiga yöl oldi
Sönggi turda vakillarimiz 🇶🇦Qatarning “As-Sadd” klubini kolumbiyalik legioner Brayan Riaskosning gollari evaziga 2:1 hisobida mağlub etişdi.
Ğalaba “Paxtakor”ga pley-off bosqiçi yöllanmasini taqdim etdi. Jamoa nimçorak finalda 🇸🇦Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” yoki “Al-Hilol” jamoalaridan biriga töqnaş keladi.
Dastlabki öyin 3 yoki 4-mart kuni Toşkentda, javob bahsi esa 10-11-mart kunlari safarda bölib ötadi.
Maʼlumot uçun, hozirda jamoamizga töqnaş kelişi mumkin bölgan ikki klubda quyidagi maşhur legionerlar töp tepmoqda:
🇸🇦“Al-Ahli”: Roberto Firmino, Ivan Toney, Riyod Mahrez, Frenk Kessi, Eduard Mendi, Merih Demiral.
🇸🇦“Al-Hilol”: Yassin Bono, Kalidu Kulibali, Ruben Neveş, Sergey Milinkoviç-Saviç, Aleksandr Mitroviç, Joao Kanselo.
🗓 Uşbu yulduzli tarkiblardan biri 3-4-mart kunlari Toşkentga keladi.


