Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

«Paxtakor» futbol klubi sotuvga qöyildi

Foto18-yanvar, 2024, 10:582 daqiqa0 koʻrish

❗️ "Paxtakor" futbol klubi sotuvga qöyildi

Xaridor quyidagi talablarga rioya qilişi kerak böladi:

- Futbol klubining faoliyatini saqlab qoliş, rivojlantiriş va xalqaro darajaga olib çiqiş;
- Futbol klubi balansidagi barça sport obʼyektlaridan, şu jumladan futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yönalişlarida foydalaniş;
- "Paxtakor" futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qoliş va rivojlantiriş.

Bu holat jamoatçilik muhokamasiga sabab bölmoqda. Masalan, iqtisodçi Otabek Bakirov klubni davlat ixtiyorida qoldirib, stadionni özini sotişni taklif qilmoqda.

"Klub akademiyasini davlat nazoratida qoldirgan holda, klubning asosiy aktivi stadion egallagan maydon 24,1 gektarni oçiq auksionga qöyib sotiş köproq iqtisodiy maʼnoga ega bölardi. Bunday yuqori qiymatdagi yer manzilida biznes, savdo markazlari va premium turar joylar quriş jozibasini töxtatib qoliş juda qiyin böladi", – dedi u.

Futbol jurnalisti Qahramon Aslanov esa boşqaça körinişdagi taklifni berdi:

"Yuqorida Bakirov futbol klubni emas, stadionni bozor narxida sotiş maqsadga muvofiq ekaniga işora bermoqda. Men stadionni emas, futbol klubini sotişni taklif qildim, aslida bu fikrlar bir-biriga ziddek körinsa-da, aslida asosiy jihatda kesişadi – zinhor «Paxtakor» futbol klubi va «Paxtakor» stadionini qöşib sotmaslik kerak".

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek