Toşkent hokimligi ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilayotganini aytdi
❗️Toşkent şahar hokimligi ekologik vaziyatni yaxşilaş maqsadida kompleks çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilayotganini maʼlum qildi
Bunda eng avvalo ekologik barqarorlikni taʼminlaş, havoga çiqayotgan maişiy çiqindilarni kamaytiriş, jamoat transporti tizimini ham sifat, ham son jihatdan yaxşilaş, yöllarda ustuvorlikni maşinalarga emas, eng avvalo piyodalarga, undan söng jamoat transportiga berişga qaratilgan infratuzilmani yaratiş va şu kabi bir qator özgarişlarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Ekologik holatni yaxşilaş va aholini asrab-avaylaş maqsadida ayrim keskin qarorlarni qabul qiliş talab etiladi. Şu sababli mazkur qarorlar kelgusida salbiy oqibatlarni keltirib çiqarmasligi uçun ilmiy tadqiqotlar hamda tahlillarga asoslangan bölişi zarur.
Hokimlikning maʼlum qilişiça, ayni kunlarda har bir yönaliş böyiça, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, işçi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Har bir işçi guruhning tahliliy xulosalari asosida poytaxt miqyosida qilinadigan amaliy çoralar haqida taqdimot tayyorlanmoqda.
Tez orada uşbu taqdimot keng jamoatçilik eʼtiboriga havola etiladi.
👉 @xushnudbek 👈



