Budjet tashkilotlari xodimlariga tovuq sotish majburiyati
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganAssalom alekum Xushnud aka, sizdan bir mavzuda maslahat olmoqchi edim. Man Navoiy viloyatida yashayman, onam karmana tumanidagi MTM larning birida ishlaydi. Bugun onamning plastik kartochkasiga 200 ming pul tushdi xayron bõldim, oylikni zõrğa oyni oxirida beradigan boğcha bu safar pulni ancha oldin tashladi. Nega bunday bõlganini onamdan sõradim, onamning aytishicha prezident yangi qaror chiqaribdi, emishki har bir budjet tashkilotida ishlaydigan xodim uyida tovuq boqishi kerak ekan. Shuning uchun har bir ishchi oyligidan tovuq sotib olishi kerak ekan. Onam 5 ta tovuq yani har biri 30 mingdan jami 150 mingga tovuq olishlari shart ekan. Oyligi kattalar esa 10 tagacha tuvuq olar ekan. Bu narsa tuman poliklinikasidagi xodimlarga, maktab õqituvchilariga ham tegishli emish. Xõp tovuq yaxshi narsa yetti mõjizaning biri, lekin biz kõp qavatli domda yashaymizku. Onamning kõpchilik hamkasblari ham domda yashaydi. Ular tovuqni qayerda boqadi? 30 mingdan chala jon tovuqni olib 15 ming sotishimizga tõğri keladi bunaqada. õzi shundoğam yiğa yiğlar juda kõp, karmana ovoziga, dõstlik bayroği, xalq sõzi va hokazo gazetalarga obuna kelgani kelgan, onam 430 ming oylikga ishlaydilar õzi. Qõying ishlamang mehnatizga yarasha pul olmaysiz desam ham yõq bolam uyda ham ôtiramanku undan kõra ishlaganim yaxshi deydilar. Sizdan sõramoqchi bõlganim rostdan ham prezidentning tovuq borasida shunaqa qarori yoki farmoni bormi? Agar bõlmasa biz prezident qabulxonasiga arz qilar edik. Ha aytgancha õtgan yili prezidentimiz TV da hovlida mevali daraxt ekinglar deganidan sõng bizning ishxonada 35 ming sõmdan mujburan limon kõchati sotilgandi, afsus limonning umri qisqa ekan baribir eplab õstirolmadik.
ИЗОҲ: Менимча, ҳудудларда Президент ташаббуси нотўғри талқин қилинмоқда. Кам таъминланган инсонларга, уйида шароити бор, лекин муқим иш билан шуғулланмайдиган фуқароларимизга кўмак бериш, имтиёзли кредитлар ажратиш бўйича қилинаётган хайрли ташаббус жойлардаги "салла деса, каллани оладиган" раҳбарлар туфайли аксинча тескари эффект бермаётганмикин? Ахир ҳеч замонда домда яшайдиган инсонларга мажбурлаб товуқ ҳам сотадими? Бу бўйича чуқурроқ ўйлаб кўриш керак, шошмашошарлик орқасидан халқда норозилик пайдо бўлиб қолиши мумкин. Яна ҳам буларнинг барчаси ўта шахсий фикрим ва ғиж-ғиж хато бўлиши ҳам мумкин.
Каналга уланиш: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 10





