Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Joriy yil super-kontrakt miqdori OTM rektorlari tomonidan belgilanadi

Matn22-sentabr, 2025, 15:582 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2025/2026-öquv yili uçun bakalavriatdagi vakant örinlarga qöşimça qabul boşlandi. 56,7 balldan yuqori töplaganlar 3-oktyabrgaça ariza topşirişi mumkin.

❗️Joriy yil super-kontrakt miqdori OTM rektorlari tomonidan belgilanadi. Ança arzonlaşişi kutilmoqda
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-öquv yili uçun kiriş imtihonlari natijalariga köra 56,7 va undan yuqori ball töplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yönalişlariga qöşimça qabul qilişda tabaqalaştirilgan (super) tölov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilaş quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

➖qabul çegaralariga 4,05 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun belgilangan tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

➖qabul çegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uçun tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy tölov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bölmagan miqdorda belgilanadi.

Barça oliy taʼlim taşkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-öquv yili uçun bakalavriat taʼlim yönalişlari va taʼlim şakllari kesimida tabaqalaştirilgan tölov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-öquv yili qabulida tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida tahsil oliş istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik öqitiş qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (şu kuni ham) tölaşga ruxsat beriladi.

Şuningdek, bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlari natijasi böyiça tanlovda iştirok etib, ikkinçi-beşinçi bakalavriat taʼlim yönalişlaridan biri böyiça davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga öz xohişlariga köra ustuvorligi böyiça tanlagan birinçi bakalavriat taʼlim yönalişida tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek