«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
Manba:Xushnudbek.uz
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
Öqişga kira olmagan köplab abituriyentlarda super-kontrakt bilan boğliq savollar paydo bölayotganini hisobga olib, ayrim tuşuntiriş berib ötaman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uçun super-kontrakt narxi va tartiblari hozirça tasdiqlangani yöq. Tasdiqlansa, qöşimça xabar beramiz.
2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116
❓4 ballgaça yetmaganlar qança tölaydi?
Super-kontraktning 4 ballgaça şkalasi quyidagiça:
➖ ötiş baliga 1,05 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln söm bölsa, 1 ballgaça yetmaganlar 15 mln söm tölaydi);
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgaça — 2 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgaça — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgaça — 3 barobari.
❗️ESLATMA: 4,05 ballgaça deb yozilganiga köpçilik çalğimoqda va buni 4,5 ball deb öylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (tört-u yuzdan nol beş) ball bilan 4,5 (tört yarim) ballning farqi katta. Kiriş çiziğiga 4,1 (tört-u bir) balldan köp yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik şkalaga tuşmaydi.
4,1 ball va undan köproq yetmaganlarning barçasiga (56,7 balldan baland bölsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qöllanadi.
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qöşib tölanadimi?
Yöq, unaqa emas. Birinçi yili faqat super-kontrakt summasi tölanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qöşib tölanmaydi. Ikkinçi yildan boşlab esa faqat oddiy kontrakt tölanadi, super-kontrakt tölanmaydi.
❓Super-kontrakda öqişni xohlaganlar qaçongaça ariza berişi kerak?
Hali super-kontrakt uçun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borişingiz şart emas. Arizani sentyabr oyida, öqişlar boşlangaç ONLAYN berasiz.
Kim birinçi ariza bersa, öşa birinçi qabul qilinadi, degan qoida yöq. Talabgorlar töplangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball töplaganlarga imkon beriladi.
❓Ariza beriş uçun OTMga boriş kerakmi?
Yöq. 3 yildan buyon super-kontrakt uçun arizalar onlayn qabul qilinadigan böldi. Siz uyingizdan çiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uçun OTMga keliş, kimnidir kabinetida navbat kutiş, kimlargadir iltimos qiliş şartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt işga tuşgaç, qöşimça xabar qilinadi.
❓Öqişga KIRGANLAR boşqa yönalişga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinçi va ikkinçi yönalişga bali yetmadi, lekin uçinçi yönalişga öqişga kirdi. Abituriyent uçinçi yönalişda öqişni istamay, birinçi yoki ikkinçi yönalişda super-kontraktda öqiy oladimi?
✅ Bu masala hozirça oçiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
Ötgan yili abituriyent özi tanlagan BIRINÇI yönalişga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINÇI tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yönalişga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bölsa, 2-yönalişda super-kontraktda öqiy olmasdi, faqat BIRINÇIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qöşimça xabar beriladi.
❓Öqişga KIRA OLMAGANLAR istalgan beşta yönalişda super-kontrakt qila olişadimi?
Uşbu masala ham hozirça nomaʼlum. Aniq bölgaç, xabar beriladi. Ötgan yili beşala yönalişiga ham öqişga kira olmagan abituriyentlar istalgan beşta yönalişdan birini tanlab, super-kontraktda öqişiga ruxsat berilgan edi.
❓ Super-kontrakt uçun taʼlim krediti beriladimi?
Yöq, super-kontrakt uçun taʼlim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy şartlarda oddiy kredit taklif qilişi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt tölaşga ötadi, şu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olişi mumkin. Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlimga beriladi.
❓Super-kontraktni bölib tölasa böladimi?
Ha, 4 ga bölib tölaş mumkin.
❓56,7 balldan kam töplaganlar ham super-kontraktda öqisa böladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21132
👉 @xushnudbek 👈

