Özbekistonda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirini ötkaziş tartibi tasdiqlandi
❗️Özbekistonda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirini ötkaziş tartibi tasdiqlandi
Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.
🗓 Farmonga muvofiq, röyxatga oliş 2026-yil 15-yanvar holatiga köra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar ötkaziladi.
✅ Röyxatga oliş tadbirini ötkazişni taşkil etiş böyiça respublika komissiyasi tuziladi.
🏛 Röyxatga oliş tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgaça bölgan davrda jalb etiş orqali ötkaziladi.
📋 Bunda Özbekiston mahallalari uyuşmasi Milliy statistika qömitasi hamda masʼul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planşetlardan foydalangan holda röyxatga oliş tadbiri ötkazilişini taʼminlaydi.
🔗 Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargaça öz tizimida faoliyat yuritayotgan barça xodimlarning census.stat.uz portalida röyxatdan ötişini taʼminlaydi.
🏠 Bundan taşqari, tuman (şahar)larda röyxatga oliş ştablari taşkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.



