Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Özbekistonda aholini röyxatga oliş 2026-yil 15-iyuldan 21-avgustga qadar ötkazilişi mumkin

Matn23-oktabr, 2024, 12:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident qaroriga köra, Statistika agentligi 2024-yilda tarğibot işlarini olib boradi, savolnomalar va axborot tizimini takomillaştiradi.

❗️Özbekistonda aholini röyxatga oliş 2026-yil 15-iyuldan 21-avgustga qadar ötkazilişi mumkin

Bu böyiça Prezident farmoni loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Unga köra:

➖ aholini röyxatga olişni ötkazişga kömaklaşiş böyiça hududiy komissiyalar tuzilişi;

➖ Statistika agentligi aholini röyxatga olişni planşet qurilmalari yordamida ötkaziş uçun 2024–2026-yillarda zarur texnik va dasturiy vositalarni Jahon bankining imtiyozli kredit mablağlari hisobidan belgilangan tartibda xarid qiliş işlarini taşkil etişi;

➖ Kadastr agentligi 2025-yil 1-iyulga qadar aholi punktlari va köçalar nom belgilarini örnatiş, xonadon va uylarni töliq raqamlaş işlarini yakuniga yetkazilişini taʼminlaşi;

➖ mahalliy hokimliklar 2025-yil 1-sentyabrga qadar hududlarning maʼmuriy-hududiy birliklari çegaralarining özgarişi, toponomik obyektlarga nom berilişi va ularning nomlari özgarişi böyiça tegişli maʼlumotlarni hududiy statistika organlariga öz vaqtida taqdim etib borilişini taʼminlaşi;

➖ Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar aholini röyxatga oliş uçun zarur bölgan miqdorda kartografik materiallar (şahar va qişloq aholi punktlarining yangilangan sxematik rejalari va xaritalari) bilan töliq taʼminlaşi lozimligi belgilab qöyilmoqda.

Şuningdek, Oliy Majlis palatalariga 2025-yil 1-sentyabrdan 2026-yil 1-sentyabrga qadar respublika böylab maʼmuriy-hududiy birliklarning çegaralarini özgartiriş, toponomik obyektlarga nom beriş va ularning nomlarini özgartiriş işlarini vaqtinça töxtatib turiş tavsiya etilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek