Hurmatli bitiruvçi uka-singillarim!
Hurmatli bitiruvçi uka-singillarim!
Sizga qandaydir balandparvoz tilaklar, katta marralarni egallaş yölida vazifalar aytişni istamayman. Osmondagi oyni olib bering, Vataningiz uçun joningizni fido qiling, butun dunyoga maşhur daho böling, deya muşkul topşiriq beriş niyatim ham yöq. Bunday gaplar, aksinça, sizga ortiqça bosim yuklaydi. Özingizni xuddi katta ajdarho bilan jangga ketayotgan Kenja botirdek tasavvur qilişingizni xohlamayman.
Siz bilan heç qanday ğayrioddiy hodisa sodir bölayotgani yöq. Şunçaki yaşaşda davom etyapsiz va katta hayotning bir bosqiçini tugatib, keyingisiga ötyapsiz, xolos. Bu xuddi boğçani tugatib, maktabga çiqişdek oddiy gap.
Sizga yagona tilagim, özingiz uçun hayotdan zavqlanib yaşang. Qaçon zavqlanasiz? Qaçonki har kuni özingiz uçun yangi maʼlumotlar kaşf qilganingizda. Qaçonki özingizni kundan kunga bilimli bölib ketayotganingizni his qilganingizda. Qaçonki egallagan bilimlaringizni amaliyotda qöllab, odamlarga foyda keltirişni boşlaganingizda. Qaçonki sizning bilimlaringizdan foyda topgan insonlar sizga, ota-onangizga, ustozlaringizga köpdan köp rahmat aytişganida. Qaçonki bilimlaringiz ortidan özingiz sevgan işga joylaşib, yaxşi daromad olganingizda.
Köryapsizmi, bir qaraşda zavqli hayot formulasi juda oddiy. Bilim olsangiz, til örgansangiz böldi, qolgani öz navbati bilan kelaveradi.
Sizlarga omad va baxt tilab, Xuşnudbek.
👉 @xushnudbek 👈
- 25 Telegram Stars


