Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

1 ming 500 dan ortiq özbekistonliklar Sloveniyadan iş topişi mumkin

Video23-may, 2025, 22:446 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿🇸🇮1 ming 500 dan ortiq özbekistonliklar Sloveniyadan iş topişi mumkin

Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayevning maʼlum qilişiça, aholisi 2 milliondan ortiq bölgan Sloveniyada işsizlik rekord darajada past (taxminan 3,2–3,5%) va yuqori bandlik darajasiga ega. Bu holat mahalliy mehnat bozorida böşliqlarni keltirib çiqarmoqda.

Ayniqsa quriliş, soğliqni saqlaş, mehmonxona va restoranlar, işlab çiqariş, taʼlim va axborot texnologiyalari yönalişida işçi kuçi yetişmovçiligi bor.

Bu xorijlik işçilar, xususan, Özbekiston fuqarolari uçun ham yaxşi imkoniyatlar bor, degani. Kasb va til talablariga javob beradigan 1 ming 500 dan ortiq özbekistonliklar Sloveniyada iş topişlari mumkin.

Özaro kelişuvga köra, kelgusi oyda Sloveniyadan işçi guruh Özbekistonga kelişi va mamlakatimizda mavjud imkoniyatlarni örganişi kutilmoqda. Şundan söng, Migratsiya agentligi tomonidan Sloveniyaga işga yuboriş böyiça tanlovlar eʼlon qilinadi.

❗️Maʼlumot uçun, Sloveniyada eng kam oylik iş haqi 1 ming 100 yevro bölib, til biliş va mutaxassislikka qarab maoşlar ösib boradi. Hozirda mamlakat asosan 🇵🇭Filippin va 🇳🇵Nepaldan borgan mehnat migrantlarini jalb qilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek