Germaniya özbekistonliklar uçun 20 000 dan ortiq iş örni taklif qilmoqda
Germaniya özbekistonliklar uçun 20 000 dan ortiq iş örni taklif qilmoqda
‼️ Iş şaroitlari va oylik maoş: Ausbildung dasturi orqali iş boşlaganlar 1000 yevro, töğridan-töğri şartnoma tuzganlar esa 2000 yevro va undan yuqori maoş oladi. Iştirokçilarga nemis tili kurslari taklif qilinadi. Kurslarni Özbekistonda öqib, oldindan tayyorgarlik köriş mumkin.
✅ Talab eng köp bölgan kasblar:
- hamşiralar;
- yuk maşinasi haydovçilari;
- qişloq xöjaligi va yuk texnikasi ustalari;
- mehmonxona va restoran xodimlari;
- mexatronika mutaxassislari;
- quruvçilar va hunarmandlar.
✅ Ariza topşiriş
Germaniyada işlaş istagidagi nomzodlar Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilişlari mumkin. Ariza topşiriş tartibi quyidagiça:
1️⃣ Röyxatdan ötiş - Nomzod agentlikning maʼlumotlar bazasiga kiritilişi uçun maxsus anketani töldirişi kerak.
2️⃣ Til örganiş - Mavjud monomarkazlar yoki akkreditatsiyadan ötgan xususiy öquv markazlarida nemis tili kurslarini tamomlaş talab etiladi.
3️⃣ Hujjatlarni tayyorlaş - Böş iş örinlari böyiça talablarni aniqlaştirib, hujjatlarni Germaniyaga yuborişga tayyorlaş zarur.
👉 @xushnudbek 👈



