Nemis tili va kasb örganing hamda Germaniyaga işlagani boring
🇺🇿🇩🇪 Nemis tili va kasb örganing hamda Germaniyaga işlagani boring
Özbekiston va Germaniya örtasida temir yöl va avtobus haydovçilarini, hamşiralarni tayyorlaş böyiça amaliy kelişuvlarga erişilgan. Joriy yilda 800 nafardan ortiq hamşira Germaniyaga uyuşgan holda yuboriladi, ularning 400 nafari allaqaçon uşbu mamlakatda mehnat qilmoqda, qolganlari til imtihonlarini topşiryapti. Hamşiralarning oylik iş haqi oyiga eng kami 2200 yevroni taşkil qiladi (qölga tegişi).
***
Germaniyaga işçi viza şartlari yengillaşadi
Şuningdek, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Behzod Musayev Samarqandda Germaniya Federativ Respublikasi Içki işlar va Vatan vaziri Nensi Fezer bilan muloqot ötkazgan.
"Migratsiya masalasida bir qator yengilliklar işlab çiqilmoqda. Bitim doirasida nemis iş beruvçilari uçun özbekistonliklarni soddalaştirilgan tartibda işga qabul qilişga tayyormiz", — degan Nensi Fezer xonim.
***
Toşkentda “Hamşiralar uçun Germaniya tibbiyot akademiyasi” taşkil etiladi.
Ilgari hamyurtlarimiz Germaniyaga borgaç, 6-8 oy vaqtini moslaşiş uçun sarflagan. Endilikda Özbekistonning özida kasb va tilga maqsadli öqitiladi.
Akademiyada bir yil davomida kasb va til örgatiladi. Muhimi, ular diplom oliş bilan bir qatorda Germaniyada işlaş huquqini beruvçi kasbiy sertifikatni ham qölga kiritadi.
***
Germaniya temir yöllari ("Deutsche Bahn”) uçun ham mutaxassislar tayyorlanadi.
Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida işlaş istagida bölgan yurtdoşlarimiz uşbu davlat standartlari asosida Özbekistondagi kasbiy taʼlim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga örgatiladi.
👉 @xushnudbek 👈

