Elektr, gaz va suvga noqonuniy ulaniş öğrilik jinoyati deb baholanişi haqida qonun maʼqullandi
❗️Elektr, gaz va suvga tijoriy maqsadda noqonuniy ulaniş öğrilik jinoyati deb baholanişi haqida qonun maʼqullandi
Senatning 37-yalpi majlisida maʼqullangan qonunga köra, umumiy foydalanişdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida özboşimçalik bilan ulaniş yoxud ularni hisobga oliş asboblari va plombalariga qasddan şikast yetkaziş, şuningdek, uşbu qilmişlarni kommunal xizmati taşkilotlarining mansabdor şaxslari yoki xodimlari bilan til biriktirib, sodir etilgan jinoyat holatlari endilikda öğrilik jinoyati deb baholanişi nazarda tutilmoqda.
❓Tijorat maqsadi nima?
Jinoyat kodeksiga “tijorat maqsadi” tuşunçasi kiritilib, jismoniy va yuridik şaxslarning muayyan faoliyatida foyda, daromad oliş, naf körişga qaratilgan maqsad ekanligi belgilanmoqda.
❓Kim tergov qiladi?
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uçun nazarda tutilgan jinoyatlarga doir işlar böyiça dastlabki tergov harakatlari prokuratura organlari tomonidan amalga oşirilişi qonun bilan mustahkamlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

