Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Elektr energiyasini hisoblaş böyiça yangi billing tizimi 1-avgustdan işga tuşiriladi

Matn12-iyul, 2024, 12:131 daqiqa0 koʻrish

Elektr energiyasini hisoblaş böyiça yangi billing tizimi 1-avgustdan işga tuşiriladi

Bu haqda 11-iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari"da ötkazilgan matbout anjumanida korxona boşqaruv raisi birinçi örinbosari Alvar Ğaybullayev maʼlum qilgan. Hozirda mazkur tizim sinov tarzida Yakkasaroy tumanida joriy etilgan. Bundan taşqari, tizimning mobil ilovasini ham işlab çiqiş belgilangan. U orqali amalga oşirilgan tölovlar hamda isteʼmol qilingan elektr energiyasi miqdorini onlayn oliş mumkin böladi.

✅ Amaldagi tizimda abonentning ism-familiyasi, pasport maʼlumotlari va hisob-raqami bölgan bölsa, yangi tizimda abonentning kadastr maʼlumotlari, bitta odam nomida neçta hisob raqami borligi kabi maʼlumotlar mavjud böladi. Monitoring işlarini olib boriş maqsadida isteʼmolçining şikoyat va takliflari, ularning soni ham yozib boriladi.

Şuningdek, hozirda aholining “aqlli” hisoblagiç bilan taʼminlanganlik darajasi 90% ni taşkil etib, hisoblagiçlar örnatilişi kerak bölgan 210 mingta abonent qolgan.

“Bir narsani aytiş kerakki, mamlakatda 100% „aqlli“ energiya hisoblagiçlari örnatildi, deb bölmaydi, nimaga deganda, yillik ösiş 2%ni taşkil etadi: aholi köpaymoqda, uy-joy qurilmoqda, işlab çiqariş ortmoqda. Şunday ekan, körsatkiçni 100% yetkazib bölmaydi”,

— degan Alvar Ğaybullayev.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek