Özbekiston Afğonistondagi 4 ta energetika loyihasiga 243 mln dollar sarmoya kiritadi
🇺🇿🇦🇫Özbekiston Afğonistondagi 4 ta energetika loyihasiga 243 mln dollar sarmoya kiritadi
Bu böyiça Afğonistonning Da Afghanistan Breshna Şerkat (DABS) energetika kompaniyasi bilan şartnoma imzolandi.
Unga köra, Özbekiston Afğonistondagi quyidagi loyihalarga sarmoya kiritadi:
➖ quvvati 1 ming MVt bölgan 500 kV kuçlanişli Surxon — Daşti-Alvan elektr uzatiş tarmoğini quriş;
➖ quvvati 800 MVA bölgan “Argandi” podstansiyasini kengaytiriş;
➖ 220 kVt kuçlanişli, quvvati 800 MVt bölgan Kobul — Şayx-Masri elektr uzatiş tarmoği;
➖ Nangarhorda quvvati 126 MVA bölgan Şayx-Masri podstansiyasini quriş.
Loyihalar 1,5 yil içida yakunlanişi rejalaştirilgan. Natijada Afğoniston Özbekistondan 800−1 ming MVtgaça elektr energiyasini import qiliş imkoniyatiga ega böladi.

