Maqsad aniq bölsa, 5 ta yönaliş ham şart emas
❗️Maqsad aniq bölsa, 5 ta yönaliş ham şart emas
#abituriyent
Hozirgi yoşlar avvallari öqişga kiriş abituriyentlar uçun qay darajada katta stress hamda muammoli jarayon bölganini unça tuşunmaydi. Lekin mana şu surat orqali siz öşa davrni taxminan tasavvur qilişingiz mumkin.
Aytaylik, siz 173,1 ballni qölga kiritdingiz. Bu maksimal ballning 91,5% qismi degani. Yaʼni öta yuqori ball, buni unça munçasi ololmaydi.
Ammo kiriş çiziğiga atigi 2,2 ball yetmay qoldi. Yaʼni asosiy fandan bittagina notöğri javob tufayli siz öqişdan yiqildingiz.
🤦♂️Atigi. Bitta. Notöğri. Javob. Va. Hammasi. Tamom!
Sizning 1 yillik umringiz kuyardi. Şunça mehnatingiz, tunlari uxlamasdan, öyin-kulgini yiğiştirib, tonnalab kitob öqiganingiz bittagina xatoni deb kökka sovurilar edi.
Ilgari heç qanaqa beşta yönaliş tanlaş yoki heç qanaqa super-kontrakt haqida gap söz bölişi mumkin emasdi. Töğri, norasmiy “dop kontrakt” degan narsalar bölardi, kira olmagan minglab talabalar noyabr-dekabr oylarida öqişga kelişardi. Lekin bu töliq “soqqa” mexanizm bölib, agar pulingiz va tanişingiz bölmasa, öz-özidan heç kim sizni qöşimça öringa öqişga kiritib qöymasdi. Çuçvarani xom sanamang.
❓Hozir qanday?
Hozir siz avval testga kirasiz, 1 kundayoq neça ball olganingizni bilasiz, keyin olgan balingizga qarab naq beşta yönalişni tanlaysiz, 5 kunda umumiy mandat çiqadi, mabodo beşalasiga ham kira olmasangiz, unda istalgan biriga super-kontrakt qilişingiz mumkin. Super-kontraktga kiriş uçun kimgadir borib uçraşiş, kimningdir eşigida sarğayiş yoki kimgadir pora berişingiz şartmas. Arizalar onlayn qabul qilinadi, uydan çiqişingiz ham şartmas. Ballar ketma-ketligida universitetning özi talabalarni çaqirib çiqaradi, tezroq kelinglar, talaba böldingiz, deb.
Kamiga yana joriy yildan tölmay qolgan kvotalar uçun oltinçi yönalişni tanlaş imkonini ham oçib berişmoqda.
✅ Xullas, maza. Yaratilgan imkoniyatlarning qadriga yetib, faqat öqiş kerak xolos.
ℹ️ Endi yuqoridagi suratga izoh bersam. Bu surat joriy yilgi mandatdan olingan. Uşbu abituriyent 👩🎓singlimiz faqat bitta yönalişni — Yuridik universitet yurisprudensiyasini tanlagan ekan. Va 173,1 ball bilan öqişdan yiqilibdi. Xuddi şu ball, masalan, ÖzMU yoki Diplomatiya universitetining yurisprudensiyasiga kontraktga kiriş uçun yetardi. Lekin maqsadi qatʼiy bölgan singlimiz faqat Yuridik universitetda öqiyman deb niyat qilgan ekan, şekilli, boşqasini tanlab ham ötirmabdi.
❓ Endi bu abituriyent nima qiladi?
Şunçaki xotirjam holda sentyabr kelişini kutadi. Super-kontrakt uçun arizalar qabul qiliş boşlangaç, onlayn ariza yuboradi. Va birinçi örinda qöşimça öqişga qabul qilinadi. Qoidaga köra, 2,2 ball yetmaganlar oddiy bazaviy kontraktning 2,5 barobarini tölaşi kerak böladi. Masalan, TDYUda bazaviy kontrakt 16 mln 695 ming söm bölsa, 2,2 ball yetmagani uçun 41,7 mln söm tölaydi va qarabsizki, orzusi bölgan Yuridik universitetda öqiyveradi. Kelasi yildan oddiy kontrakt tölaşga ötadi, balki yaxşi öqisa, grant taqsimotida qatnaşib, töliq grant va stipendiya ham olişi mumkin.
Xullas, barça bilimlilar qatorida, şu singlimizga ham omad tilayman. Qatʼiyati uçun ham qoyil. Beşta yönaliş tanlaş imkoni bölgan paytda, hamma ham bunaqa tavakkal qila olmaydi. Maqsad va orzu aniq bölsa, heç narsa çalğita olmaydi.
P.S.: men bu abituriyent kimligini tanimayman, hatto ismini ham bilmayman, universitet kesimidagi umumiy maʼlumotlardan körib qoldim.
👉 @xushnudbek 👈
- 11 Telegram Stars

