Çiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilişi haqidagi xabarlar asosga ega emas
🚮 Çiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilişi haqidagi xabarlar asosga ega emas. Aslida gap nimada?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi işga tuşirilişi munosabati bilan 31-oktyabr soat 23:50 dan 5-noyabr soat 23:50 gaça profilaktika işlari olib borilişi sababli çiqindi uçun barça turdagi tölovlarni amalga oşiriş imkoni bölmasligi, natijada elektr energiyasi ham öçirilişi haqida xabarlar tarqalgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berişiça, uşbu xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Çiqindidan qarzi borligi uçun elektrdan öçiriş tartibi mavjud emas.
Ammo Prezident farmoniga asosan sal boşqaçaroq tartib joriy etiladi. Yaʼni kimningdir çiqindidan qarzi bölsa, elektr uçun tölov amalga oşira olmaydi. Toki çiqindidagi qarzini tölamagunça, elektr hisob raqamingiz uçun pul taşlay olmaysiz.
Lekin bu çiqindidan qarzi borligi uçun töğridan töğri "sveti" öçiriladi, degani emas. Masalan, sizning elektr hisob raqamingizda 500 ming söm pul oldindan tölov mavjud, deb tasavvur qilaylik. Va siz çiqindidan ham qarzdor bölib qoldingiz. Lekin bu qarzni tölamayapsiz. Şunda siz elektr hisobingizga pul taşlay olmaysiz. Lekin "svetingiz" öçirilmaydi, çunki hisobingizda 500 ming söm pul bor. Öşa pul tugamagungaça heç kim sizning "svetingizni" öçirmaydi.
Qaçonki hisobingizda pul tugab qolsa va siz çiqindidagi qarzingizni tölamasangiz, tabiiyki, şundagina "svetingiz" ham öçadi. Çunki yuqorida aytganimdek, elektr hisobiga pul taşlay olmaysiz.
Çiqindidan qarzingiz yopilişi bilan, elektrga ham pul taşlaşingiz mumkin böladi. Bor gap şu.
❗️Mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan butun respublika böylab çiqindidan 3 oylik qarzi bor şaxslarga nisbatan joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvardan esa çiqindidan 1 oylik qarzdorlarga qöllanadi.
👉 @xushnudbek 👈



