Şavkat Mirziyoyev Qöqon universitetida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi

Albom11-iyul, 2024, 19:043 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev Qöqon universitetida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi qarori asosida taşkil etilgan uşbu taʼlim maskani 6 ming 400 öringa möljallangan. Öquv binolari, 500 örinli 2 ta talabalar turar joyi hamda axborot-kutubxona markazida yoşlar uçun barça şaroit yaratilgan. Hududda olti qavatli, ikki ming öringa möljallangan yangi öquv binosi qurilmoqda.

Davlatimiz rahbari milliy uslubdagi uşbu majmuani közdan keçirdi. Xorijdan professorlarni taklif etib, dual taʼlim tizimini keng qöllaş, turizm taşkilotlari buyurtmasi asosida talabalarni maqsadli tayyorlaş zarurligi taʼkidlandi.

Men uçun quvonarli tomoni Prezidentimizning aynan xususiy universitetga taşrif buyurgani böldi. Davlatimiz rahbari universitet hududini erinmasdan birma-bir aylanib çiqdi, talabalarga yaratilgan şaroit bilan tanişdi — öquv auditoriyalaridan tortib yotoqxonagaça kirib kördi, har bir detalni sinçkovlik bilan örgandi. Prezident stipendiyasi sohibi bölgan universitet talabalari va ularning ota-onasi bilan suhbat qildi. Şuningdek, universitetda taʼlim sifatini taʼminlaş uçun öquv jarayonlari qanday yölga qöyilganini örgandi. Özlarining tavsiyalarini berdi, öz navbatida davlat oliygohlarida ham şunaqa tizimni yölga qöyiş böyiça masʼullarga körsatmalar ham berdi.

Şavkat Mirziyoyev Qöqon universiteti misolida xususiy oliygohlarga imkoniyat va şaroit yaratib berilsa, davlat OTMlaridan ötsa ötadiki, lekin kam bölmasligini, bir neça yil oldin çiqarilgan töğri qaror bugun amalda öz mevasini berayotganini körib quvondilar va mutasaddilarga xususiy oliygohlar böyiça alohida topşiriq berdilar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek