Davlat xizmatçilari mehnatiga haq tölaş tizimi özgartirilişi rejalaştirilmoqda
❗️Davlat xizmatçilari mehnatiga haq tölaş tizimi özgartirilişi rejalaştirilmoqda
Prezidentga taqdim etilgan takliflarga köra, davlat fuqarolik xizmatçilarining mehnatiga haq tölaşning yagona, oçiq va natijaga asoslangan tizimi joriy etiladi.
Unga köra:
➖ xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta poğonadan iborat yangi iş haqi setkasi joriy etiladi;
➖ öndan ortiq ustama va mukofotlar örniga uçta asosiy rağbatlantiriş tölovi qoladi;
➖ iş haqi xodimning malakasi, KPI körsatkiçlari, mehnat intizomi, taşabbuskorligi va erişgan natijalariga boğlanadi;
➖ muhim va murakkab vazifalarni bajargan hamda yuqori natija körsatgan xodimlarga bonus tölanadi;
➖ bonuslar sunʼiy intellekt, zamonaviy texnologiyalar va yangi bilimlarni özlaştiriş kabi mezonlar asosida ham belgilanadi.
Taqdimotda amaldagi tizimda davlat xizmatçilari iş haqining 70 foizgaça qismini natijaga boğlanmagan ustama va mukofotlar taşkil etayotgani, bu esa bir xil lavozimdagi xodimlar örtasida katta tafovutlarni keltirib çiqarayotgani qayd etildi.
👉 @xushnudbek 👈

