Qöpol yöl qoidabuzarliklari takroran sodir etilganda jarimani çegirma bilan tölaş tartibi qöllanmaydi
❗️Qöpol yöl qoidabuzarliklari takroran sodir etilganda jarimani çegirma bilan tölaş tartibi qöllanmaydi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasiga köra, ayrim qöpol yöl harakati qoidabuzarliklari takroran sodir etilganda jarimani çegirma bilan tölaş tartibini muayyan muddatga qöllamaslik taklif etilmoqda.
Şuningdek, hujjatga asosan:
➖ voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş oqibatida odam tan jarohati olişi yoki vafot etişi kabi oğir oqibatlar yuz bersa, transport vositasini topşirgan şaxs uçun jinoiy javobgarlik belgilaş;
➖ voyaga yetmaganlarga transport vositasini boşqarişni topşirganlik, noqonuniy poyga taşkil etganlik va unda iştirok etganlik, yuk avtomobillarini tungi vaqtda yöl çetida xavf tuğdiradigan holatda qoldirganlik, transport vositasini hisobdan çiqariş tartibini buzganlik hamda belgilangan tezlikni 80 kilometr/soatdan ortiq oşirganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş;
➖ yöl bezoriligi, noqonuniy poyga, mast holda transport boşqariş yoki mastlikni aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan boş tortiş kabi holatlarni transport boşqariş huquqiga ega bölmagan yoki bu huquqdan mahrum etilgan şaxs sodir etgan taqdirda, transport vositasini 6 oydan 1 yilgaça vaqtinça olib qöyiş jazosini joriy etiş nazarda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈


