Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Hokimiyat xodimlari uçun mehnatga haq tölaşning yangi tizimi joriy etiladi

Albom9-avgust, 2025, 14:312 daqiqa0 koʻrish

💰Özbekistonda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlari uçun haq tölaşning yangi tizimi joriy etiladi

Bu böyiça Prezident farmoni (PF-129, 07.08.2025-yil) qabul qilindi.

📊 Unga köra, xodimlarning lavozim maoşi tabaqalaşgan tarif koeffitsiyentlari asosida şakllantiriladi.

Bunda 1-avgustdan boşlab mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida mehnatga haq tölaş jamğarmasi quyidagilarni öz içiga oladi:

🔹 lavozim maoşi;
🔹 eng muhim samaradorlik körsatkiçlariga (KPI) erişganligi uçun lavozim maoşiga har oylik ustamalar;
🔹 malaka (martaba) darajalari uçun tölovlar;
🔹 mukofotlaş hamda bonus tölovlari.

Mazkur farmonda közda tutilmagan qöşimça ustamalar, mukofotlar va boşqa tölovlar tölaş taqiqlanadi.

👆 Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari razryadlari, tölanadigan ustamalar, tarif koeffitsiyentlari va qöşimça tölovlar miqdorlari yuqoridagi jadvallarda keltirilgan.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek