Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Ijtimoiy tarmoqlarda yozişlariça, bu rasm Buxorodagi test sinovlari ötayotgan pavilyonlar oldidan olingan

Foto3-avgust, 2023, 11:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda yozişlariça, bu rasm Buxorodagi test sinovlari ötayotgan pavilyonlar oldidagi ota-onalarning kutiş joyidan olingan ekan. Katta ehtimol bilan bu kabi holatlar boşqa hududlarda ham bor, faqat Buxoroda emas.

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlarning boşqa yaqinlari, sizlardan iltimos, testlarni kuzatişga borganingizda atrof-muhitni ifloslantirmasdan, çiqindilarni köçaga taşlamasdan ketsangiz. Zero madaniyatli va tarbiyali insonlar uçun özidan bunday xunuk manzara qoldiriş uyat.

Şuningdek, mahalliy hokimliklarga ham murojaat qilmoqçiman. Kuzatuvçilar joyiga çiqindi idişlarini yetarli miqdorda qöyilişini nazoratga olsangiz. Odamlardan tozalikni talab qilgandan keyin, ularga şaroit ham yaratiş kerak.

Tuşunganingiz uçun rahmat.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek