Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Bugun Qadr keçasida yurtimiz böylab 1500 dan ziyod masjidda xatmi Qurʼon va duolar öqildi

Video18-aprel, 2023, 00:339 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🌙Bugun Qadr keçasida yurtimiz böylab 1500 dan ziyod masjidda xatmi Qurʼon va duolar öqildi.

Alloh millionlab yurtdoşlarimiz qilgan duolarni dargohida qabul qilsin, Xatmi Qurʼon hurmatidan gunohlarimizni mağfirat qilib, ota-onalarimizni Özi suygan bandalari qatoridan qilsin. Yurtimizga tinçlik bersin, baraka yoğdirsin.

Ramazon oyi davomida barça masjidlarda xatmi Qurʼon tuşirgan qorilarimizdan, ularning ota-onalaridan Alloh rozi bölsin, ilmiga ilm qöşsin, jannatiy insonlardan qilsin.

Özbekistonda birinçi marta barça masjidlarda tarovih namozlarida Qurʼoni Karim xatmi bir maromda bir xil öqildi va xatmning yakuni esa bugun - Qadr keçasida böldi. Ilohim, bu kabi xayrli va quvonarli yangiliklar bardavom bölsin. Omiyn.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek