Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

Joriy yilda yurtimizda 1 ming 700 dan ortiq masjidda xatmi Qurʼon öqiladi

Video28-fevral, 2025, 22:2011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Joriy yilda yurtimizda 1 ming 700 dan ortiq masjidda xatmi Qurʼon öqiladi

Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari maʼlum qildi.

Şuningdek, muftiy hazratlari savdogarlardan Ramazon oyida ehson sifatida imkon qadar oziq-ovqat mahsulotlari narxini arzonlaştirişni iltimos qildi.

“Men har yili iltimos qilyapman, şunday qilaylikki, bolalarimiz Ramazonni har yili umid bilan kutsin. Ota-onasidan falon narsa olib bering deb söraganda, “Ramazon kelsin, kutib turaylik, Ramazonda hamma narsa arzon böladi” deyişsin. Negadir bizda aksinça Ramazon kirişi bilan oziq-ovqat qimmat bölişni boşlaydi. Talab kuçaydi, deyişadi. Yöq, boşqa oylarda, mayli, ming söm foyda qilayotgan bölsangiz, bu oyda yuz söm foyda qiling-da, lekin boşqa oylarga qaraganda yuz ming, balki millionlar köproq baraka körasiz. Ramazon yetimlar, bevalar, muhtojlarga mehr-muruvvat qiliş oyidir”, — dedi muftiy hazratlari.

👉 @xushnudbek 👈

  • 19 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek