Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Rasman

Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025-yil uçun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi

Foto28-fevral, 2025, 17:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

☪️ Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025-yil uçun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi

Unga köra:

● Ramazon oyi uçun tilla qiymatidan zakot nisobi 61 mln 200 ming söm etib belgilandi. Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan taşqari 61 mln 200 ming söm va undan ortiq pul mablaği yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bölsa, jami mablağining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi;

● Fitr sadaqasining miqdori quyidagiça belgilandi:

2 kg buğdoydan – 10 ming söm;
4 kg arpadan – 16 ming söm;
2 kg mayizdan – 110 ming söm;
4 kg xurmodan – 180 ming söm.

Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu tört mahsulotning xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida berişi mumkin.

● Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil böladi. Har kim öz imkoniyatiga qarab, uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 15 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek