Ramazon hayitida özbekistonliklar neça kun dam oladi?
❓Ramazon hayitida özbekistonliklar neça kun dam oladi?
Uşbu savol köpçilikni qiziqtirayotgan bölsa kerak.
Bunda 2 xil variant bor:
1️⃣ Birinçisi. Agar Ramazon oyi odatdagidek 30 kun davom etsa va Ramazon Hayiti kutilganidek 22-aprel, şanba kuniga töğri kelsa, unda barça xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi. Bunda:
➖ 22-aprel, şanba — Hayit bayrami;
➖ 23-aprel, yakşanba — odatdagi dam oliş kuni;
➖ 24-aprel, duşanba — 6 kunlik iş haftasidagi xodimlar uçun qöşimça dam oliş kuni, 5 kunlik iş haftasidagilar uçun köçirilgan (29-aprel şanbadan) dam oliş kuni böladi.
(asos: 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-sonli Prezident farmoni / manba).
2️⃣ Ikkinçisi. Agar yangi oy vaqtliroq körinib, Ramazon oyi 29 kun davom etsa, unda Ramazon Hayiti 21-aprel, Juma kuniga töğri keladi. Bunday vaziyatda dam oliş kunlarida ham özgariş bölişi mumkin. Özgariş qanday bölişi hozirça nomaʼlum, bunda ham 2 xil variant bor:
a) duşanbadagi dam oliş kunlarini töliq bekor qilib, şunçaki şanba kunini 6 kunliklar uçun qöşimça dam oliş deb eʼlon qilişadi. Natijada Juma, şanba va yakşanba 3 kun dam oliş kuni böladi;
b) duşanbadagi dam oliş kunlarini saqlagan holda şanba kunida 6 kunliklar uçun yana bitta qöşimça dam oliş kuni berişadi. Natijada Juma, şanba, yakşanba va duşanba 4 kun dam oliş kuni böladi.
Demak, barçasi Ramazon Hayiti kuniga boğliq. Buning uçun esa Musulmonlar idorasining fatvosini kutişimiz kerak.
👉 @xushnudbek 👈

