Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Bölajak rafiqasining hovlisini aldab sotib yuborgan kuyovtöra voqeasi böyiça sud hukmi öqildi

Video21-noyabr, 2025, 18:355 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan, bölajak rafiqasining hovlisini aldab sotib yuborgan kuyovtöra voqeasi böyiça sud hukmi öqildi

Bugun jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida Şahzod Rismatov (1997-yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat işini birinçi instansiyada körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni yakunlandi.

Sud hukmiga köra, Şahzod Rismatov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Şu bilan birga sudlanuvçi hisobidan jabrlanuvçilar J. Yu. foydasiga 3 mlrd 448 mln 701 ming söm, S. S. foydasiga 925 mln 769 ming söm va J. A. foydasiga 464 mln 672 ming söm miqdorida zarar undirilişi belgilandi.

Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, “Katta Oqtepa” MFY, Oqtepa köçasi, 5A/3,4-uy yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi şartnomalarini bekor qiliş böyiça fuqarolik iş yuritiş tartibida murojaat qiliş huquqi tuşuntirildi.

Daryo naşrining yozişiça, sudning alohida ajrimi bilan işga aloqador boşqa şaxslarga, jumladan, Real Sanjik taxallusi bilan faoliyat olib boruvçi blogerga nisbatan jinoyat işini qözğatiş töğrisidagi masalani hal qiliş uçun tegişli materiallarni ilova qilgan holda Mirzo Uluğbek tuman prokuraturasiga xabar qilinişi belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek