Sergelidagi portlaş aybdorlariga nisbatan sud hukmi öqildi
Sergelidagi portlaş aybdorlariga nisbatan sud hukmi öqildi
2023-yilning 28-sentyabr kuni Toşkent şahri Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bölgan portlaş böyiça Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, 4 kişiga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllanilgan edi.
Ularga nisbatan sud hukmi öqildi. 4 nafar sudlanuvçining har biriga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, qöşimça jazo sifatida 2 yil rahbarlik va yonğin xavfsizligi yuklatilgan vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qilindi.
Şuningdek, jabrlanuvçi va fuqaroviy daʼvogarlarga (jami 163 kişi) “Inter Logistics” MÇJ va “Polyçem” MÇJdan 282 milliard söm mablağ solidar tartibda undirilişi belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈



