Muhim

B2 sertifikati bölmagan xorijiy til öqituvçilari bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişi mumkin

Foto28-iyul, 2026, 16:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗Kamida B2 sertifikatiga ega bölmagan xorijiy til öqituvçilari bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişi mumkin

Bu haqdagi Hukumat qarori loyihasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Muhokama jarayoni 12-avgustga qadar davom etadi.

Avvalroq kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölmagan pedagoglarga 2026/2027-öquv yili boşlanguniga qadar imkoniyat berilişi maʼlum qilingandi.

❓Özi nima bölyapti?

➖ 2021-yilda Hukumat qaror qabul qilib, maktablarda xorijiy tildan dars beradigan öqituvçilar kamida B2 darajadagi sertifikatga (milliy yoki xalqaro, farqi yöq) ega bölsin, deya belgiladi;
➖ Öqituvçilarga sertifikat oliş uçun 3 yil vaqt ham berildi. Yaʼni qaysidir maktab öqituvçisi sertifikat olmagan bölsa, unda tayyorlaniş uçun 3 yil muddati bor edi;
➖ Va yana qaysi öqituvçida sertifikat bölsa, qöşimça ustama bilan rağbatlantiriladigan böldi, yaʼni ustozlarni quruq majburlamasdan, moddiy motivatsiya ham berildi;
➖ Oradan 3 yil ötdi. 2024-yil sentyabrga kelib, minglab öqituvçilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni işdan haydaşadimi?” deya eʼtiroz bildirişdi;
➖ Hukumat “xöp” dedi va muddatni yana 1 yilga uzaytirib berdi;
➖ Oradan 1 yil ötdi. 2025-yil sentyabr oyiga kelib, yana minglab öqituvçilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni işdan haydaşadimi?” deya eʼtiroz bildirişdi;
➖ Hukumat yana muddatni uzaytirdi: 2026-yil 1-yanvarga qadar;
➖ Yil yakuniga borib, yana minglab öqituvçilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni işdan haydaşadimi?” deya eʼtiroz bildirişdi;
➖ Hukumat yana muddatni uzaytirdi. 2026-yil sentyabrga qadar;
➖ şunda qaror çiqqan 2021-yildan hisoblasak, maktabdagi xorijiy til öqituvçilari uçun kamida B2 daraja sertifikat oliş uçun 5 yil vaqt berilgan böladi;
➖ sentyabrgaça köp vaqt qolmadi, köramiz, buyoğiga nima bölar ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek