Prezident yangi tayinlangan xorijiy elçilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi
❗️Prezident yangi tayinlangan xorijiy elçilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Şavkat Mirziyoyev 🇮🇹Italiya, 🇵🇸Falastin, 🇸🇦Saudiya Arabistoni, 🇰🇼Kuvayt, 🇩🇿Jazoir, 🇲🇾Malayziya, 🇵🇰Pokiston, 🇦🇿Ozarbayjon va 🇰🇿Qozoğistonning Özbekistonga yangi tayinlangan elçilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Marosimda davlat rahbari diplomatlarni Yangi Özbekistondagi faoliyati boşlangani bilan tabriklab, geosiyosiy vaziyat murakkablaşayotgan bugungi şaroitda ularning masʼuliyatli faoliyati dolzarb ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Prezident har bir davlat bilan investitsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport, energetika, taʼlim, soğliqni saqlaş, turizm va boşqa yönalişlardagi aloqalarni yanada kengaytiriş böyiça ustuvor vazifalarni qayd etdi.
👉 @xushnudbek 👈



