Kamida B2 darajadagi sertifikati yöq pedagoglarga 2026/2027-öquv yili boşlanguniga qadar imkoniyat beriladi
Kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölmagan pedagoglarga 2026/2027-öquv yili boşlanguniga qadar imkoniyat beriladi.
Bu haqda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
❓Özi nima bölyapti?
• 2021-yilda Hukumat qaror qabul qilib, maktablarda xorijiy tildan dars beradigan öqituvçilar kamida B2 darajadagi sertifikatga (milliy yoki xalqaro, farqi yöq) ega bölsin, deya belgiladi;
• Öqituvçilarga sertifikat oliş uçun 3 yil vaqt ham berildi. Yaʼni qaysidir maktab öqituvçisi sertifikat olmagan bölsa, unda tayyorlaniş uçun 3 yil muddati bor edi;
• Va yana qaysi öqituvçida sertifikat bölsa, qöşimça ustama bilan rağbatlantiriladigan böldi, yaʼni ustozlarni quruq majburlamasdan, moddiy motivatsiya ham berildi;
• Oradan 3 yil ötdi. 2024-yil sentyabrga kelib, minglab öqituvçilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni işdan haydaşadimi?” deya eʼtiroz bildirişdi;
• Hukumat “xöp” dedi va muddatni yana 1 yilga uzaytirib berdi;
• Oradan 1 yil ötdi. 2025-yil sentyabr oyiga kelib, yana minglab öqituvçilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni işdan haydaşadimi?” deya eʼtiroz bildirişdi;
• Hukumat yana muddatni uzaytirdi: 2026-yil 1-yanvarga qadar;
• Yil yakuniga borib, yana minglab öqituvçilar “biz sertifikat olmadik, endi bizni işdan haydaşadimi?” deya eʼtiroz bildirişdi;
• Endi Hukumat yana muddatni uzaytirdi. 2026-yil sentyabrga qadar;
• şunda qaror çiqqan 2021-yildan hisoblasak, maktabdagi xorijiy til öqituvçilari uçun kamida B2 daraja sertifikat oliş uçun 5 yil vaqt berilgan böladi;
• köramiz, 5 yil ötgandan keyin nima bölar ekan.
👉 @xushnudbek 👈
- 22 Telegram Stars

