Muhim

Harbiylarning maoşlari oşiriladi, Mudofaa doktrinasi va xavfsizlik konsepsiyasi qayta körib çiqiladi

Albom13-yanvar, 2026, 17:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Harbiylarning maoşlari oşiriladi, Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik konsepsiyasi qayta körib çiqiladi

Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida bu haqda maʼlum qilindi.

Davlatimiz rahbari nutqining asosiy jihatlari:

🔹 sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997-yildagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta körib çiqiladi;

🔹 Yangi doktrinada mamlakatimizning heç qaysi harbiy blogga qöşilmaslik maqomi saqlab qolinişi, köp tomonlama diplomatiyaga tayanişda davom etilişi, yuqori texnologiyalarga asoslangan strategiya, harbiy mustaqillik va mintaqaviy barqarorlik yönalişida rivojlanişi taʼminlanadi;

🔹 1-apreldan boşlab Mudofaa vazirligi ofitserlariga köp yillik xizmati uçun ustama miqdori 2 karra oşiriladi;

🔹 kontrakt asosida xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik maoşi 10 foizga köpaytiriladi;

🔹 hududiy mudofaa işlari boşqarmasi va bölimlarining harbiy bölmagan xizmatçilari oyligi bu yil 20 foizga, kelasi yili yana 50 foizga oşiriladi;

🔹 Qurolli Kuçlar safida 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uçun pensiya hisoblaşda inobatga olinadigan oylik miqdori 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi;

🔹 şu bilan birga, harbiy xizmatçilar uçun uy-joy qurilişi kengaytiriladi;

🔹 masʼullarga harbiy xizmatçilarning pensiya taʼminotini belgilaydigan qonun loyihasini işlab çiqib, parlamentga kiritiş topşirildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek