Özbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogida guruhda 1-örinni egalladi
❗️🇺🇿Özbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogida guruhda 1-örinni egalladi
Ravşan Haydarov şogirdlari biroz avval yakunlangan guruh bosqiçining sönggi öyinida 🇰🇷Janubiy Koreyani 2:0 hisobida mağlub etdi. Aslida bizga guruhdan çiqiş uçun golli durang ham yetar edi. Agar ikki jamoa kelişib, masalan, 1:1 öynasa, Özbekiston ham, J.Koreya ham keyingi bosqiçga çiqardi. Ammo yigitlarimiz feyr-pleyga amal qilişdi, maydonga faqat ğalaba uçun tuşganini isbotlaşdi.
Ammo guruhning narigi öyinida 🇮🇷Eron öz imkoniyatidan foydalana olmadi. Ularga istalgan hisobdagi ğalaba kerak edi, lekin forslar 🇱🇧Livandan mağlub bölişdi va musobaqani tark etdi.
Çorak finaldagi raqibimiz ertaga maʼlum böladi. “D” guruhidagi 2-örin bilan öynaymiz. Uşbu guruhda barça jamoada nazariy imkoniyat bor. Xitoy, Avstraliya, Iroq va Tailanddan bittasi bizga raqib böladi.
- 8 Telegram Stars

