Fikr
Sinov tariqasida ayrim postlarni özgarişi kutilayotgan harflarning yangi körinişida yozib körmoqçiman
Matn7-iyul, 2026, 15:551 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbek lotin alifbosidagi 4 ta harf bitta simvolli şaklga ötkazilmoqda va ng harfidan voz keçilmoqda. Özgarişlar Senat va Prezident tomonidan tasdiqlanişi kerak.Sinov tariqasida kanaldagi ayrim postlarni özgarişi kutilayotgan harflarning yangi körinişida yozib körmoqçiman.
Xudo xohlasa, uşbu özgarişlar tasdiqlansa, közimiz örganib turgani yaxşi. Va özi bu özgarişlar qulaymi yoki noqulaymi, şu haqida ham tasavvur paydo böladi obunaçilarimizda.
Eng asosiysi - eʼtibor berdingizmi, siz matnni öqişga qiynalmadingiz. Çunki taklif etilayotgan harflarning yangi şakli orasida begonasi yöq. Hammasi biz bilgan, bizga yaxşi taniş bölgan va öz vaqtida jadid bobolarimiz taklif qilib, amaliyotga joriy qilgan şakllar.
👉 @xushnudbek 👈
- 27 Telegram Stars
