Tushuntirish

«NG» harf birikmasining alifbodan çiqarilişi böyiça

Matn7-iyul, 2026, 18:561 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAlifbo islohoti doirasida 4 ta harf şaklining özgarişi pasport, pul, darslik va peşlavhalarni majburiy almaştirişni va katta xarajatni talab etmaydi.

«NG» harf birikmasining alifbodan çiqarilişi böyiça

Ijtimoiy tarmoqlarda «endi “bodring”, “mening”, “boring”, “keling” sözlarini qanaqa yozamiz?» deya berilayotgan savollardan biliş mumkinki, özgarişlar biroz notöğri talqin qilinmoqda.

«NG» harfi bilan yozuvda heç narsa özgarmaydi, bodring – bodring, mening – mening, boring – boring, keling - keling yozilaveradi. Yaʼni «ng» degan tovuş bekor qilinmayapti, uni talaffuzda işlataveramiz, şunçaki alifbodan alohida 2 ta harfdan taşkil topgan «ng» harf birikmasi çiqarib taşlanyapti va bu töğri qaror.

Özbek tilida tovuşlar köp, lekin ularning barçasiga ham harf yöq. Boşqa tillarda ham xuddi şunaqa. Bu fojia emas.

Köpçilikni qörqitgan aldamçi tasavvur şu böldiki, endi “bodring” sözini – bodrin, “keling” sözini – kelin şaklida yozamiz, deya öylaşdi. Lekin bunday emasligini bilib oldingiz degan umiddaman.

Xullas, heç narsa özgarmayapti bu borada.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek