Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi iştirokçilariga murojaat yölladi
Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi iştirokçilariga murojaat yölladi
Davlat rahbari forumda 40 dan ortiq davlatdan kelgan olimlar, xalqaro taşkilotlar vakillari, davlat va jamoat arboblari iştirok etayotganini taʼkidlab, mazkur anjuman islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosiga qiziqiş ortib borayotganidan dalolat berişini qayd etdi.
“Biz ilm va maʼrifat zamonamizning eng buyuk birlaştiruvçi kuçi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinçlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bölib qolişiga qatʼiy işonamiz va barçangizni şu ezgu maqsad yölida hamkorlikka çaqiramiz”, deyiladi murojaatda.
Prezidentimiz bugungi murakkab davrda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼrifat tinçlik hamda barqaror taraqqiyot uçun muhim asos ekanini bildirdi. Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Şarq va Ğarb, ötmiş va kelajakni boğlovçi intellektual köprikka aylangani taʼkidlandi.
👉 @xushnudbek 👈



